10 okt 09:17
Yangiliklar
CHavandozlarimiz Tallindagi xalqaro turnirda 5 ta medalli bo'ldi
Dunyoning eng kuchli chavandozlari bilan bahslashgan O'zbekiston terma jamoasi azolari bittadan oltin va bronza, uch kumush medalni qo'lga kiritishdi.
Xalqaro turnirning dastlabki kuni to'siq balandligi 140 sm. bo'lgan marshrutda Abdurahmon Abdullaev “Otto van de Achterhoek” laqabli otda 1-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, kuchli uchlikni “Matts V.G” laqabli tulporda harakatlangan Bekzod Qurbonov yakunlab berdi. 135 sm. masofadagi bellashuvlarda Bahromjon Gaziev 5-o'rin bilan kifoyalandi.
Musobaqaning ikkinchi kunida sportchilarimiz medallar jamg'armasini ikkita kumush medal bilan to'ldirdi. Bekzod Qurbonov “6 to'siq” yo'nalishida, Abdurahmon Abdullaev esa 145 sm.lik marshrutda sovrindorlar qatoridan joy egalladi. Musobaqaning so'nggi kunidagi to'siqlar balandligi 150 sm. bo'lgan Gran-pri bahslarida terma jamoamiz azosi Abdurahmon Abdullaev kumush medal sohibi bo'ldi.
Fikrlar