So’nggi yangiliklar

17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0

24 sen 08:25
Yangiliklar

Boks/MMA

CHel Sonnen: "Maxachev - Topuriya to'qnashuvi Makgregorning har qanday jangini ortda qoldiradi"

Sobiq UFC jangchisi, hozirda sharhlovchi va tahlilchi bo'lib ishlayotgan CHel Sonnen kelasi yozda Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC turnirining asosiy jangini Konor Makgregorga ishonib topshirish noto'g'ri bo'lishini aytmoqda.

Sonnenning aytishicha, Konorning o'rniga Liga Islam Maxachev va Iliya Topuriyani tarixiy tadbirning asosiy jangi ishtirokchilari etib tayinlanishi muvaffaqiyatliroq bo'ladi. 

"Agar Konor asosiy jangda ishtirok etsa, chempionlik unvoni bo'lmasligi haqida ochiq gapiryapmiz, bu esa tarixdagi eng katta shou titul jangisiz o'tishini anglatadi. Ammo chempionlik uchun jangdan muhimroq nima bo'lishi mumkin?

Agar Jon Jons tashkilotning ishonchini qozonmoqchi bo'lsa, unda buni amalga oshirishning ko'plab usullari bor. CHunki Jons ishtirokidagi jangdan o'tadigan jang yo'q. U fevral oyida Vankuverda jang qilishi va birinchi raqamli davogar ekanligini isbotlab, yuqoriga ko'tarilishi mumkin.

Bundan tashqari, bizda allaqachon tayyor katta jang bor - bu Iliya Islamga qarshi. Topuriya Maxachevga qarshi, chempion chempionga qarshi - bu jang Konor Makgregor ishtirokidagi har qanday jangdan ustun bo'ladi", - dedi amerikalik aralash yakkakurash ustasi.

Iliya Topuriya bilan superjang haqiqatga aylanishi uchun Islam Maxachev 15 noyabr kuni Jek Della Maddalenani mag'lub etib, avstraliyalikdan yarimo'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamarini tortib olishi kerak. Gruziyalik jangchi esa kelasi yil boshida oktagonga qaytib, o'ziga tegishli engil vazndagi chempionlik kamarini vakant qo'yishni rejalashtirmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing