29 iyu 12:49
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi" moliyaviy feyr-pleyni buzgani uchun 10 mln evro jarima to'laydi
"CHelsi" UEFA bilan tinchlik bitimi tuzilganini elon qildi.
London klubi belgilangan to'lov sifatida 10 mln evro to'lashi kerak.
"Klubning to'la shaffoflik haqidagi asosiy qadriyatlariga muvofiq, biz bu ish UEFA tomonidan erta oshkor etilgani va muammo hal qilish bilan yakunlanganidan minnatdormiz. Bu masalani ko'rib chiqqani uchun UEFAga rasman minnatdorchilik bildiramiz. "CHelsi" UEFA bilan munosabatlarni yuqori baholaydi va bu munosabatlar rivojlanib borishiga umid qiladi", – deyiladi klub ramiy bayonotida.
"CHelsi" rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichga tegishli bo'lgan davrda klub rahbariyati 2012-2019 yillardagi bitimlar bo'yicha to'liq moliyaviy hisobot taqdim etmagan.
Havola :
Fikrlar