29 sen 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Aspinall jangga 4 hafta qolgan bir paytdagi jismoniy holatini ko'rsatdi + FOTO
Britaniyalik 32 yoshli og'ir vazn toifasi chempioni Tom Aspinall UFC kamarini franciyalik sobiq chempion Siril Gandan himoya qiladi.
Tom ilk chempionlik himoya jangiga 4 hafta qolgan bir paytdagi jismoniy holatini qanday ekanini ko'rsatdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga surat joyladi.
Eslatib o'tamiz, Aspinall so'nggi jangini 2024 yilning iyul oyida Manchesterda o'tgan UFC 304 turnirida o'tkazgandi. O'shanda u o'z vatandoshlari ko'z o'ngida amerikalik Kyortis Bleydsni birinchi raundda nokautga uchratgan edi. Bu revansh maqomidagi jang bo'lgandi.
O'z o'rnida Siril Gan 2024 yilning dekabrida UFC 310 turniri doirasida rossiyalik Aleksandr Volkovni hakamlarning ayri qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar