14 fev 08:46
Yangiliklar

CHempion Israel Adesanyaning keyingi raqibi malum
Etiborlisi, davogar ham aynan kechagi UFC 271 turnirida oktagonga ko'tarilgan va nokaut evaziga g'alaba qozongan edi. Gap Jared Kannonir haqida ketmoqda.
Kechagi jangga qadar o'rta vaznlilar reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Kannonir raqibi Derek Bransonni ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. Ushbu g'alaba unga Israel Adesanya bilan jang qilish huquqini berdi.
Bu haqida shaxsan tashkilot prezidenti Dana Uayt UFC 271 turniri yakunlariga bag'ishlab o'tkazilgan matbuot anjumanida xabar berdi.
"Men bu jangni sabrsizlik bilan kutgandim. Jang qanday yakunlanishini bilishni juda istagandim. Men Kannonirga yo'q deya olmayman", - dedi UFC rahbari.
Uittakerni mag'lubiyatga uchratganidan keyin Adesanya navbatdagi chempionlik himoya jangiga to'rt oydan so'ng tayyor bo'lishi va iyun oyidagi raqamlangan UFC turnirida oktagonga chiqishini malum qildi.
Fikrlar