05 okt 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Merab Dvalishvili Kori Sendxagenga imkon qoldirmay, o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi
AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilayotgan MMA bo'yicha UFC 320 turnirining ikkinchi asosiy bahsi o'z yakuniga etdi.
Musobaqa co main event'i eng engil vazn toifasining amaldagi chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili hamda AQSH vakili Kori Sendxagen o'rtasida kechdi.
5 raund etib belgilangan titul jangi to'liq davom etib, yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra Dvalishvilining qo'li baland ko'tarildi.
SHu tariqa, 34 yoshli Merab Dvalishvili chempion bo'lganidan buyon uchinchi marta o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar