11 apr 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA
CHempion nima uchun UFC 300 turnirida Adesanya bilan jang qilishni istamaganini aytdi
O'rta vazn (84 kg) toifasida UFC chempioni Drikus dyu Plessi nima uchun UFC 300 turnirida Israel Adesanya bilan jang qilishni istamaganini aytdi.
"CHempion bo'lganingdan keyin sen sog'lig'ing bilan tavakkal qilib, qisqa vaqt ichida janglarni qabul qilishga majbur bo'lmaysan.
Men UFC 300 turnirida Izzi bilan bo'ladigan jangni rad etdim. Ha, bu qaror men uchun og'ir bo'ldi, chunki mana shunday turnirning bir qismi bo'lish ajoyib imkoniyat edi.
Izzining aytishicha, unga UFC 300 turnirida men bilan jang qilish taklif etilgan ekan, ammo bunday emas. Senga faqat men istaganimdagina jang taklif qilinadi", - dedi dyu Plessi.
Havola :
Manba : Low Kick MMA
Fikrlar