24 avg 09:26
Yangiliklar

CHempion Volkanovski navbatdagi raqibi kim bo'lishini aytdi. U Evloev emas!
Kelib chiqishi makedoniyalik bo'lgan 36 yoshli aralash yakkakurash ustasi reytingning to'rtinchi pog'onasida borayotgan va mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan angliyalik Leron Myorfiga qarshi jangda chempionlik kamarini himoya qiladi. Ko'pchilik Aleksning raqibi rossiyalik Movsar Evloev bo'lishini kutayotgandi.
"Leron yorqin nokaut bilan g'alaba qozondi. G'alaba uchun bundan yaxshiroq narsa o'ylab topa olmaysan. Aynan u men bilan jang qilishga munosib raqib. Ha, aynan Leron Myorfi", — deya Volkanovskining so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.
Malumot uchun, Myorfi UFC 319 turnirida amerikalik debyutant Aaron Pikoni birinchi raunddayoq nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu Leronning ketma-ket qozongan o'ninchi g'alabasi edi.
Fikrlar