01 mar 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA
CHempionlik jangiga 4 kun qolganida Doston Bozorovning raqibi o'zgardi
Hamyurtimiz Doston Bozorov Samat Mamedovga qarshi jang qilmaydi.
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda Octagon ligasining 42-musobaqasi o'tkaziladi.
Mazkur turnirning markaziy jangida hamyurtimiz Doston Bozorov (7-1) engil vaznda chempionlik kamari uchun qozog'istonlik Samat Mamedov (5-0)ga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi. Ammo kecha Samat Mamedovning jarohat olgani va bu jangda ishtirok eta olmasligi malum bo'ldi.
Endi hamyurtimizga 4 mart kungi jangda yana bir qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi — Janserik Jaksigulov (4-2) raqiblik qiladi. Turnir 4 mart kuni soat 18:00 da poytaxtimizdagi Renaissance Hall'da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar