27 sen 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA
"CHempionlik kamarlarini ovlashga shay holatdaman". Bektemir Meliqo'ziev navbatdagi jangi oldidan o'z fikrlarini bildirdi
Proffesianal bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev 7 oktyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan "Golden Boy" boks oqshomida amerikalik Alantes Foksga (28-4-1, 13 KO) qarshi jang o'tkazadi.
"Gabriel Rosado ustidan qozonilgan ajoyib g'alabadan keyin o'zimni yaxshi his qilyapman. Ringga qaytganimdan va o'z vaznimdagi har qanday yirik janglarga tayyorligimdan mamnunman. Rosado bilan jang men uchun katta ahamiyatga ega edi. Endi chempionlik kamarlarini ovlashga shay holatdaman.
Jamoam raqibni yaxshi o'rganib chiqdi. Kim bilan jang o'tkazishim muhim emas. Bilaman, bu vazn uchun raqibimning bo'yi baland, noqulay, tezkor va yaxshi janglar o'tkazgan. Unga past baho bera olmayman, jang juda qiziqarli bo'ladi" - dedi Bektemir Meliqo'ziev.
Havola :
Manba : World of Boxing
Fikrlar