19 sen 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempionlik uchun sobiq davogar UFCdan ketdi
UFC chempionligi uchun sobiq davogar Jon Dodson promoushendan ketdi.
Buni 35 yoshli sportchining menejeri Rikki Kottenstet ham tasdiqladi.
"Boshqa takliflarni kutamiz. Jon faoliyatini davom ettirishi 100 foiz aniq. U ikki vazn toifasida yuqori darajadagi janglar o'tkazgan. Dodson haliyam yuqori saviyada jang qila oladi. Har qanday promoushen bilan muzokaralarga tayyormiz", - dedi menejer.
Dodson 2013 va 2015 yillarda chempionlik uchun jang qilgan va ularning har ikkisida ham Jemitrius Jonsonga imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar