26 iyu 12:16
Yangiliklar
CHendler keyingi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchiligini aytdi, bu Konor emas!
"Ayni paytda Top-5`talikda faqat Pore va mengina jang qilmadik xolos. Sir emaski, hammasi Dastin va mening oktagonda uchrashishimizga olib bormoqda. Benil Dariushning jangi oydinlashib bo'ldi. Islam CHarlz bilan jang qilyapti, Getji esa operaciya bo'lgan.
Hamma Konor Makgregorga "vyzov" tashlayapti, men ham shunday qildim, ammo hurmat bilan. MMA tufayli. UFC Konor Makgregor bilan yanada yaxshiroq bo'ladi. Lekin bizga sog'lom Konor kerak, shuning uchun uni qaytishga shoshiltirmaslik kerak", - deya CHendlerning so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.
Eslatib o'tamiz, Maykl CHendler so'nggi bor 8 may kuni Toni Fergyusonga qarshi jang qilgan edi. Dastin Pore esa so'nggi jangini 2021 yil 12 dekabrida CHarlz Oliveyraga qarshi o'tkazgan edi.
Darvoqe, CHendler va Porening UFC 276 turniri davomida dahanaki jangga kirishib ketgani haqida xabar bergan edik. Kim bilsin, balki ularda o'sha paytda jang qilish uchun kuchli istak paydo bo'lgandir.
Fikrlar