16 sen 12:12
Yangiliklar
Boks/MMA

CHendler Maxachev - Oliveyra jangi g'olibiga qarshi oktagonga chiqmoqchi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Maykl CHendler 2023 yilda engil vazn toifasida UFC chempioni bo'lishini aytdi.
"Men hali ham chempionlikni maqsad qilganman. 12 noyabr kuni men Dastin Poreni mag'lub etib, kamar uchun navbatdagi davogarga aylanaman. Bahor yoki yoz oyida Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi jang g'olibi bilan uchrashaman. Qanday bo'lmasin, kelasi yilning o'rtalarida yangi UFC chempioniga aylanaman", - deydi CHandler.
Maykl CHandler navbatdagi jangini 13 noyabr kuni UFC 281 turnirida Dastin Porega qarshi o'tkazadi. CHendler so'ngi bor Toni Fergyusonga qarshi oktagonga ko'tarilgan.
Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi jang 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 turnirida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar