22 may 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

CHendler - Oliveyra jangi hakami nega birinchi raundni 10:8 hisobida baholagani haqida gapirdi
Engil vazn toifasida UFC kamari uchun o'tkazilgan Maykl CHendler - CHarlz Oliveyra o'rtasidagi jang hakami Sel D'Amato nima sababdan birinchi raundda Maykl CHendlerning 10:8 hisobda g'alabasini qayd etganini izohladi.
"Kriteriyalar 10:8 hisobini qayd etish uchun butun raundda ustunlik qilishni bildirmaydi. Buning uchun raqibga katta miqdorda zarar etkazishning o'zi kifoya. Oliveyra shunday katta zararni qabul qilib oldi. U birinchi raundda nokautdan bazo'r qutilib qoldi. To'g'ri, u teykdaunni amalga oshirdi. Agar CHarlz shu ishni qilmaganda aniq nokautga uchragan bo'lardi. SHu sababli ham, men aynan CHendlerning katta ustunligini hisobda qayd etdim", -dedi D'Amato.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Oliveyra Maykl CHendlerni ikkinchi raundda nokautga uchratib engil vazn chempioniga aylangandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar