07 iyu 09:28
Yangiliklar
![](/upload/storage/225940_220.jpg)
CHendler Oliveyrani Maxachevga qarshi jangda almashtirishga tayyor
Aynan CHendler Konor Makgregorning asosiy raqibi sifatida qaralayotgandi. Konor jarohatidan keyingi ilk jangini Mayklga qarshi o'tkazishni rejalashtirayotgan edi. Amerikalik yaxshigina daromad keltiradigan Makgregorga qarshi jangni "qurbon" qilishga tayyor.
"Ey, CHarlz, o'z ishingni bajar! Konorning qaytishini kut, sen bunga loyiqsan. Senda ajoyib g'alabali seriya bor. Yo'lingdan chiqqanlarning barini yakson qilding. SHu bois Konor qaytgunicha biroz xordiq chiqarib tur. Ungacha men Islam Maxachev bilan hisob-kitob qilib olaman. CHempionlik kamari uchun aynan Islam bilan jang qilaman. Bu divizion sovib qolmasligi kerak", - dedi CHendler.
Eslatib o'tamiz, Maykl CHendler o'tgan yilning may oyida aynan CHarlz Oliveyraga ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Keyin sobiq Bellator chempioni Jastin Geytjiga yutqazdi. Ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng nihoyat Toni Fergyusonni ikkinchi raundda nokautga uchrata oldi.
Malumotlarga qaraganda, Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi chempionlik jangi 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 281 turniri doirasida o'tkaziladi.
Fikrlar