08 jan 13:01
Yangiliklar

CHendler Pore va Makgregor bilan jang qilishni xohlaydi
Amerikalik jangchi bo'lajak raqiblari ro'yxatida hamyurti Dastin Pore va sobiq chempion Konor Makgregor nomini keltirdi.
"UFCga kelganimda aynan shu narsani xohlardim. Men eng zo'rlari bilan jang qilishni xohlayman. Pore men avvaldan so'ragan jangchilardan biri edi, lekin u rad etdi. Menda bu borada muammo yo'q. U divizionning eng yuqori pog'onasida edi, men esa endigina UFCga keldim. U har doim ro'yxatda edi. Men uni hurmat qilaman. Men uni hayratda qoldiraman. Men u bilan raqobatlashmoqchiman.
Yana kim? SHubhasiz, Konor! Bu haqda allaqachon aytganman. Men va Konor o'rtamizdagi jang - katta ish bo'lardi deb o'ylayman. Faoliyatimni shunday maqomdagi janglar ustiga qurishni istayman", — CHendlerning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
Fikrlar