So’nggi yangiliklar

20:43"Пахтакор" - Ўзбекистон кубоги соҳиби! 0 19:06"Тожик бургути" — Нурулло Алиев UFC'даги кейинги жангини дебютантга қарши ўтказади 0 18:45Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси назорат баҳсида Буркина-Фасога ютқазди 0 18:22Эдди Хирн Шаҳрам Ғиёсовнинг Ромерога қарши жанги қачон бўлишини айтди 0 18:01Абдулрашид Садулаев: "Мен Хабиб ва унинг жамоаси билан дўстман, лекин..." 0 17:39Ричард Торрес Мозес Итаумани жангга чорлади 0 17:18Месси спортдаги энг буюк атлетлар ҳақида гапирди 0 16:57Тимофеева Ченнайдаги учрашувни охиригача етказа олмади 0 16:36"Ломаченко билан ҳам музокаралар олиб бораяпмиз". Пакьяо — Мейвезер билан реванш ҳақида гапирди 0 16:15"Тарихдаги энг ёмон PPVлардан бири". UFC 321 турнири танқид қилинди 0 15:54"Реал" айрим футболчилари Алонсо талабларидан норози 0 15:33Ўзбекистон дзюдо федерацияси томонидан Халқаро дзюдо куни кенг нишонланди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:12ИНТЕРВЬЮ. Абдумалик Ёрбўтаев — "достойный мужик" қандай бўлиши ҳақида 0 14:51Валери Камилло WTA раҳбарига айланади 0 14:30"Барселона" собиқ президенти: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси эмас" 0

04 avg 12:06
Yangiliklar

Taekvondo

CHendu-2021, Taekvondo. Ayollar terma jamoamiz sensaciya qayd etgan holda Koreyani mag'lub etib, musobaqa finaliga yo'l oldi!

CHendu Universiadasi doirasida taekvondo bahslarining so'nggi kunidan o'rin olgan bellashuvlar o'tkazilmoqda.

Reglamentga ko'ra, bugungi kun doirasida jamoaviy bahslar o'tkaziladi.

Unda O'zbekiston erkaklar hamda ayollar terma jamoalari ham ishtirok etishdi. Unga ko'ra, erkaklar terma jamoamiz ilk bosqichda Koreya termasi vakillariga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Ayollar terma jamoamiz esa o'z ishtirokini AQSH termasiga qarshi bahsdan boshladi. Birinchi bellashuvda mutlaqo qiyinchiliksiz g'alaba qozongan vakilalarimiz chorak final bellashuvida Xitoy Taypeyi termasini musobaqadan chiqarib yubordi. Yarim final bellashuvida esa termamizga musobaqa favoritlaridan biri Koreya termasi qizlari raqiblik qildi. Quvonarlisi, hamyuyurtlarimiz bu bahsda ham mardonavor kurashib, 34:33 hisobida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.

Endilikda oltin medal yo'lida qizlarimizga mezbonlar - Xitoy terma jamoasi raqiblik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi. Bellashuvni fisu.tv sayti yoki mobil dasturi orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing