20 dek 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA
CHerneka Jonson, Kerolayn Dyubua va Yokasta Valle o'z kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi
Mayami shaxrida bo'lib o'tayotgan Most Valuable Promotion kompaniyasining professional boks kechasi doirasida bir nechta chempionlik janglari yakuniga etdi.
Eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni CHerneka Jonson hakamlarning yakdil qarori bilan (99-91, 98-92, 97-93) Amanda Galle ustidan g'alaba qozondi.
Engil vazn toifasida WBC chempioni Kerolayn Dyubua (sobiq jahon chempioni Daniel Dyubuaning singlisi) Kamilla Panatani hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori evaziga mag'lub etdi (barcha hakamlar yozuvida 99-90 hisobi).
Engil vazn toifasida WBC chempioni Yokasta Valle Yadira Bustilosdan ochkolar (95-95, 98-92, 96-94) hisobi bo'yicha ustun keldi.
Avius Griffin esa birinchi raundda Jastin Kardonni nokautga uchratdi.
Keno Marli hakamlarning yakdil qarori bilan kichik Diarra Devisni mag'lubiyatga uchratdi (40-35, 40-35, 40-35).

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar