18 jan 11:43
Yangiliklar
Boks/MMA
CHexiyada UFC 286 turniriga tayyorgarlik ko'rayotgan Mahmud Muradov ayni paytdagi jismoniy holatini ko'rsatdi + VIDEO
Mahmud Muradov navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida CHexiya poytaxti Praga shahrida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradov (25-8) navbatdagi jangi uchun tayyorgarlikni CHexiyada davom ettirmoqda. Kecha hamyurtimiz Instagramdagi rasmiy sahifasi orqali ayni damdagi jismoniy holatini namoyish etdi.
Avvalroq, Mahmud Muradov mart oyida Londonda (Buyuk Britaniya) tashkil etiladigan UFC 286 musobaqasida oktagonga qaytishga tayyorligini aytib o'tgan edi.
Mahmud Muradov so'nggi bor 2022 yil 22 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA)da tashkil etilgan UFC 280 musobaqasi doirasida braziliyalik Kayo Borralo (13-1)ga qarshi jang qilib, hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar