19 avg 15:26
Yangiliklar

CHimaev Abu-Dabidagi UFC 321 turnirida jang qilishi haqidagi savolga javob berdi
Kuni kecha CHikagodagi UFC 319 turnirining markaziy jangida endilikda kamarning sobiq sohibi, Janubiy Afrika Respublikasi vakili Drikus Dyu Plessini yaqqol ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratib, o'rta vazn chempioniga aylangan Xamzat CHimaevning ilk himoya jangi ko'pchilikni qiziqtirmoqda.
Asli chechenistonlik, hozirda BAA sharafini himoya qilayotgan 31 yoshli aralash yakkakurash ustasining amirlik muxlislar ko'z o'ngida chempionlik kamarini himoya qilishi mumkinligi aytilyapti. Bu vaziyatga CHimaevning o'zi oydinlik kiritdi.
"Abu-Dabidagi UFC 321 turnirida oktagonga chiqamanmi? Ko'ramiz, hozir kichik jarohatim bor. Agar jarohat jang o'tkazishimga imkon bersa, nima uchun yo'q?", — deya javob bergan Xamzat.
Fikrlar