So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

29 okt 18:50
Yangiliklar

Boks/MMA

CHimaev Adesanya va Usmanni mag'lub eta oladi

Teglar :  UFCCHimaevUsman
Asli kelib chiqishi chechenistonlik, hozirda SHveciya sharafini himoya qilayotgan Xamzat CHimaev o'ziga yuqori baho berdi.

UFC jangchisi yarimo'rta va o'rta vazn toifalarida oktagonga chiqib kelmoqda. U ushbu vazn chempionlari Israel Adesanya va Kamaru Usman bilan jang qilish imkoniyatlari haqida gapirdi.

"O'ylashimcha, chempionlik jangiga yana ikkita jang qoldi. Har ikki chempion bilan bir UFC oqshomida jang qilishga tayyorman. Men uchun o'zim uchun allaqachon MMAni kashf qilib bo'lganman. Fyodor Emelyanenkoning o'zidan deyarli ikki baravar gavdasi katta Kevin Rendelmanga qarshi kechgan jangi kunidan etiboran MMAni yaxshi ko'rib qolganman. O'shanda men erkin kurash bilan shug'ullanardim. Lekin SHveciya pasporti yo'qligi uchun jahon chempionatida qatnasha olmaganman. Keyin do'stim o'zimni MMAda sinab ko'rish taklifini bergandi. 

Kamaru Usman — yaxshi jangchi, lekin unda mendagi kabi nokautbop zarbasi yo'q. Uning kurash usuli ham meniki singari kuchli emas. Agar zalda yaxshigina mashg'ulot o'tkazsam, kurashda meni hech kim mag'lub eta olmaydi. 

Adesanya — "stoyka"da yaxshi. Raqiblaridan hech kim u bilan kurashda jang qilmagan. Yoel Romero Israel bilan jangda uch yoki to'rtta zarba bera oldi, xolos. O'ylaymanki, uni faqat men mag'lub eta olaman. Men uni parterga tushirganimda o'rnidan tura oladimi? Bilmadim. Lekin men uning yuzini bejab qo'yishim aniq", — deya UFC Russia kanaliga intervyu bergan Xamzat CHimaev.

Reyting: -1   

Fikrlar

   
12 jan 21:30:13
axmatov@gmail.com
San tovuqmiya Kamari usman burdalap tashaydi covingtini avoli kurci joyidan turolmay qolgan masvidal rekordchini tagidan ciqolmay qoldi sanga usmani yengishgacha bor hali
Adesaniya kelsak uning oyoqlari qularidan san uzingni qanday ximoyalaysan kal boshing yorip qoyadi Adasaniya pavlo costayam puwka zarba edi bita zarba bilan uxlab qoldi qisqasi hali bu ikklasini yutishga kaminda 8 jang kerak
   
02 noy 21:13:42
Ahmedov
Omadingni bersin bòlajak yngi yulduzsan ukam
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing