18 sen 15:52
Yangiliklar

CHimaev Adesanya va Usmanning kamariga ko'z olaytiryapti
Asli chechenistonlik bo'lgan CHimaev yakshanba tongida UFC Fight Night 178 turniri doirasida o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Bo'lajak jangda u o'rta va yarim o'rta vazn chempionlik kamarlari uchun munosib nomzod ekanini isbotlashga harakat qiladi.
"Men har ikkala vazndagi chempionlik kamarlarini o'zimniki qilib olmoqchiman. Adesanya bilan jangda qiyinchilikka duch kelmayman deb o'ylayman. Men uni parterda mag'lub etaman. U yaxshi zarba bera oladi. Lekin men parterda tengsizman. Menga qolsa, Paulo Kosta Adesanyani mag'lubiyatga uchratsin. Lekin bu jangda Israel raqibini masofada ushlab, loukik zarbalari evaziga ochkolar bo'yicha g'alaba qozonsa kerak.
Kamaru Usmanga kelsak, u raqibi Byornsdan sezilarli darajada kuchli. To'g'ri, Byorns ham ikkita jangda g'alaba qozonib, chempionlik kamari uchun oktagonga chiqish huquqini qo'lga kiritdi. Lekin ungacha bir nechta jangda yutqazganini ham esdan chiqarmaslik kerak. Engilmas Usman qiyinchiliksiz engadi. Agar shu ikki chempionlik jangida kimdir jarohat olsa, men oktagonga chiqishga tayyorman", - dedi CHimaev.
Fikrlar