11 avg 13:00
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev, Carukyan va Nursulton Ro'ziboev UFC 319 uchun tayyorgarlik ko'rmoqda (FOTO)
SHu hafta yakunida AQSHning Illinoys shtati, CHikago shahrida aralash yakkakurash bo'yicha UFC 319 turniri o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangida asli chechenistonlik, hozirda BAA sharafini himoya qilayotgan Xamzat CHimaev o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessiga qarshi oktagonga ko'tariladi. Xamzatning ushbu jangiga tayyorgarlik ko'rishida taniqli UFC jangchisi Arman Carukyan hamda hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev ham mashg'ulotlarda yordam bermoqda.
Ro'ziboevning o'zi ham UFC 319 turnirida jang qiladi. Uning raqibi amerikalik Brayan Battl bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar