25 apr 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev kurash va MMA farqi haqida: "Olimpiada chempioni gilamda meni yutishi mumkin"
UFC chempioni Xamzat CHimaev sport kurashlari va aralash jang sanati o'rtasidagi farqlar haqida fikr bildirdi.
"Bu ikkisi mutlaqo boshqa-boshqa sport turlari. Olimpiya chempioni meni gilamda yutishi mumkin, ammo qafasda men istalgan olimpiya chempionini yuta olaman. Men Kayl Snayderni, Abdulrashid Sadulaevni hurmat qilaman — bu yigitlar buyuk chempionlar, lekin kurashda, MMAda emas.
Odamlar aytadi: “[Genri] Sexudo UFC chempioni bo'lgan”. Ha, lekin u zarba texnikasi tufayli chempion bo'lgan. U deyarli kurashdan foydalanmaydi. Xuddi shuningdek, DC [Daniel Korme] ham janglarda asosan boks qiladi. Bu ikki xil sport turi", — dedi CHimaev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar