20 iyu 05:23
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev nima uchun jang qilmayapti? UFCda bunga izoh berishdi
UFC prezidenti Dana Uayt Xamzat CHimaevning navbatdagi jangi haqida gapirdi.
"Bu bo'yicha ishlayapmiz. Hozir oldimizda hal qilish lozim bo'lgan muammolar ko'p. Boksda nimalar bo'layotganini ko'rdingiz - yigitlar mamlakatga kira olishmayapti. Tayson Fyurida ham shunday.
Nimalar bo'layotganini tushunmayapman, lekin barchada viza bilan bog'liq muammolar bor. Dunyoda aqlbovar qilmas ishlar bo'lmoqda. Biz buni uddalaymiz. Ammo? Xamzat yaqin orada jang qiladi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar