23 fev 08:49
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev o'ziga "vyzov" tashlagan SHon Striklendni g'unajin deb atadi
O'rta vazn toifasida (84 kg gacha) amaldagi UFC chempioni Xamzat CHimaev amerikalik sobiq chempion SHon Striklendning chaqiruviga javob qaytardi.
"O'zingni bos. Seni ikki marta urgan yigitni yo'q qildim. Amerika g'unajinlari", - deb yozdi CHimaev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
O'tgan yilning avgust oyida bo'lib o'tgan UFC 319 turniridagi so'nggi jangida CHimaev janubiy afrikalik Drikus dyu Plessini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgandi. Striklend kecha UFC Fight Night 267 turnirida hamyurti Entoni Ernandesni texnik nokautga uchratdi.
"Divizionning eng kuchli ikki jangchisining jangini kim ko'rishni istamaydi? Amerika tuprog'ida haqiqiy amerikalik va bu kichkina chechen o'rtasidagi jangni hamma orziqib kutmoqda", - dedi jangdan so'ng SHon CHimaevga ishora qilib.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar