03 fev 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev vazn tashlashdan charchagani va vaznini o'zgartirishi mumkinligi aytildi
UFC sobiq chempioni Kamaru Usman nega o'rta vazn chempioni Xamzat CHimaev yarim og'ir vaznga o'tishni istayotganini tushuntirdi.
"Xamzat Pereyrani jangga chorlashda davom etayotgani shuni ko'rsatmoqdaki, u yana vazn haydashdan charchagan. Xuddi yarim o'rta vazn vaqtida bo'lganidek. Endi u shunday o'ylamoqda: "Menga boshqa divizionda kurashish va kamar yutish imkonini bering". CHunki u hozir 104 kg vaznga ega ekanligi haqida gap-so'zlar yuribdi.
Agar shunday bo'lsa, buni tushunaman. Agar senda ortiqcha vazn katta bo'lsa, bunday qilishdan mano bor. Nima uchun meyorni bajarish uchun o'zingni bunday qattiq qiynashing kerak?", - dedi Usman.

Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar