11 apr 13:25
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev xatosini aytdi: "Keyingi safar aqlliroq bo'laman"
SHveciyalik MMAchi Xamzat CHimaev Gilbert Byornsga qarshi jangdagi xatosi haqida gapirdi.
"Biz uni nokaut qilish uchun haddan ortiq harakat qilib yubordim. Butun hafta davomida bu haqida gapirdim. Uni uxlatib qo'yishga harakat qildim. Ammo bu mening xatom edi. U kutganimdan qattiqroq ekan. Bunday qarshilikni kutmagandim. Dastlabki daqiqalardanoq uni nokaut qilishga harakat qildim. Keyingi jangimda aqlliroq bo'laman", - dedi CHimaev.
Eslatib o'tamiz, kecha Xamzat CHimaev UFCdagi faoliyatida ilk marotaba to'liq jang o'tkazdi. Bungacha u raqiblarini birinchi raunddayoq nokautga uchratib kelayotgandi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar