11 okt 13:04
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaevga qarshi oktagonga chiqish istagidagi jangchi topildi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Darren Till Xamzat CHimaev bilan jangga rozilik berdi.
Bu haqida britaniyalik jangchi o'zining "Tvitter" sahifasida xabar berdi.
"Reyting hech qachon ahamiyatga ega bo'lmagan. Xamzat, agar haliyam raqib topa olmagan bo'lsang, men jangga tayyorman. Faqat biroz kutib turasan. Dekabr oyida Jek Xermanssonni "yo'q" qilib olganimdan so'ng sen bilan jang qilaman, o'g'lim", — deydi Till.
Eslatib o'tamiz, UFC rahbariyati Xamzat CHimaevga raqib topa olmayapti. Demian Mayya, Stiven Tompson va Kris Uaydman shveciyalik bilan jang qilmasliklarini aytishgan. Tillga kelsak, u 2020 yilning iyulida Robert Uittakerga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar