17 jan 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaevning menejeri uning o'limi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
O'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Xamzat CHimaev kecha tunda Ramzan Kadirovning o'g'li bilan birga “Buggati”da avtofalokatga uchragani haqida xabar berilgandi.
CHimaevning menejeri Mahdi SHammas bu xabarlarni rad etdi.
SHammasning Red Corner MMA nashriga bergan intervyusida malum qilishicha, CHimaev CHechenistonda emas, balki Abu-Dabi (BAA) shahrida va u bilan hammasi joyida.
CHecheniston poytaxtida bir nechta hukumat korteji avtomobillari ishtirokida yirik yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgani haqidagi malumotlar bir qator Telegram-kanallarda paydo bo'ldi. Keyinchalik Rossiya va xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatildi. Ulardan bazilari CHimaev ushbu avtofalokatda halok bo'lgani, boshqalari esa og'ir jarohat olgani va shifoxonaga etkazilganini yozdi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar