31 mar 20:39
Yangiliklar
CHimkent - Toshkent velomarafonidan FOTOGALEREYA
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston hamda Qozog'iston velosiped sporti federaciyalari tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqa 2018 yil – Qozog'istonda ”O'zbekiston yili” va 2019 yil – O'zbekistonda ”Qozog'iston yili”, deb elon qilingani munosabati bilan o'tkazildi.
Velomarafonda 250 nafar yaqin qozog'istonlik va o'zbekistonlik velosipedchilar Qozog'istonning CHimkent shahridan Toshkentdagi Qozog'iston elchixonasiga qadar bo'lgan 130 kilometrlik masofani bosib o'tdi. Ishtirokchilarga qulaylik yaratish maqsadida ular uchun yashil yo'lak tashkil etildi.
Velomarafonda marraga birinchi bo'lib qozog'istonlik Aleksey Sidorenko etib kelgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni angliyalik Metyu Rayt va uchinchi o'rinni yurtdoshimiz SHohrux Yunusov qo'lga kiritdi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar