So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

25 iyu 09:48
Yangiliklar

Og'ir atletika

CHirchiqda og'ir atletika bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati hamda o'smirlar o'rtasida mamlakat birinchiligi yakunlandi FOTOGALEREYA

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida og'ir atletika bo'yicha U-15 yosh toifasida O'zbekiston chempionati hamda o'smirlar (U-17) o'rtasida Markaziy Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

20 iyun kuni start olgan Markaziy Osiyo chempionati bahslarida O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston va Turkiya davlatlaridan 100 nafarga yaqin sara atletlar chempionlik uchun murosasiz kurash olib borishdi. 

Yuqori saviyada tashkil etilgan Markaziy Osiyo chempionatining so'nggi kuni (24 iyun) kuchli uchlikdan joy olgan atletlarning ikkikurash bo'yicha natijalariga etibor qaratamiz.

G'olib va sovrindorlar:

+71 kg (qizlar) 

1. Mohinur Esonboeva - 187 kg (O'zbekiston) 

2. Gurbangozel Orazova - 133 kg (Turkmaniston) 

3. Aida Baigachova - 126 kg (Qirg'iz Respublikasi) 


81 kg (o'g'il bolalar) 

1. Nodir Jo'raev - 298 kg (O'zbekiston) 

2. Nurbol Erkaboev - 245 kg (Qirg'iz Respublikasi) 

3. Karkil Enes Anil - 235 kg (Turkiya) 

+81 kg (o'g'il bolalar) 

1. Arda Biyik - 314 kg (Turkiya)

2. Hasanboy Xolmurodov - 312 kg (O'zbekiston) 

3. Oleg SHeptunov - 274 kg (Qirg'iz Respublikasi)

SHu tariqa Markaziy Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida terma jamoamiz 22 ta oltin, 16 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo'lga kiritgan holda birinchi o'rinni egalladi.

9 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan Turkiya terma jamoasi ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, 8 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan Qozog'iston polvonlari uchinchi o'rinni band etishdi. 

Musobaqaning "Eng yaxshi sportchisi" nominaciyasiga o'g'il bolalardan Nodir Jo'raev, qizlardan qozog'istonlik Kseniya Pozorova loyiq ko'rildi.

Takidlash joiz, mazkur Markaziy Osiyo chempionatining mukofot jamg'armasi 16 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Unda oltin medal egasiga 500, kumush medalga 300 hamda bronza medali sohiblariga 200 AQSH dollaridan mukofot puli berildi. 

Bundan tashqari Markaziy Osiyo chempionati bilan bir qatorda kichik o'smirlar (U-15) o'rtasida o'tgan O'zbekiston chempionatida 300 nafardan ortiq yosh atletlar bor mahoratini namoyish etishdi. 

Ushbu mamlakat chempionatining yakuniy natijalarga ko'ra, Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritib, faxrli birinchi o'rinni egalladi. 

Namangan viloyati terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza bilan ikkinchi, 2 ta oltin, 5 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan Xorazm jamoasi uchinchi bo'ldi. "Eng yaxshi sportchi" deya o'g'il bolalardan Muhammadshokir Turdaliev (Namangan OPSTTM), qizlardan SHahzoda Abdumutalova (Navoiy ORSTTM) etirof etildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing