So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

20 fev 17:07
Yangiliklar

SHaxmat, Bolalar sporti

CHiroqchidagi  1-BO'SMda shaxmatchilarni taqdirlash marosimi o'tkazildi

Teglar :  SHaxmat
CHiroqchi tumanidagi 1-sonli  bolalar va o'smirlar sport maktabida 35 nafar murabbiylar 1526  nafar o'g'il-qiz sportning belbog'li kurash, futbol, voleybol, shaxmat, engil atletika, taekvondo (WTF), badiiy gimnastika, sambo, kurash dzyudo turlari bo'yicha muntazam mashg'ulotlarda ishtirok etishadi.

Yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan BO'SM tarbiyalanuvchilari o'tkazilayotgan viloyat, respublika va xalqaro musobaqalarda kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lishmoqda. Yaqinda Toshkent shahrida 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar va qizlar o'rtasida shaxmat bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida  BO'SM tarbiyalanuvchilari ham munosib  ishtirok etib, medallarga ega chiqishdi. BO'SM shaxmat murabbiyi Abdikamol Ergashev shogirdlaridan Holida Nomozova 18 yoshgacha qizlar o'rtasidagi bellashuvda 9 imkoniyatdan 7 ochko to'plab, O'zbekiston chempioni, degan nomga sazovor bo'ldi. Yanayam quvonarlisi H. Nomozova ushbu natijasi bilan oliy o'quv yurtiga imtiyozli o'qishga kirish  xuquqini ham qo'lga kiritgan bo'lsa, 14 yoshgacha o'g'il bolalar bahsida  Davron SHaripov ham 9 imkoniyatdan 8 ochko to'plab, oltin medal sohibiga aylandi. SHuningdek, 16 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida dona surgan Durdona Javlieva hamda 14 yoshgacha qizlar musobaqasida qatnashgan Surayyo Xushmurodova ham kuchli sakkizlikda etirof etildi. Ushbu qo'lga kiritilgan munosib natijalar bois, BO'SMda shaxmatchilar va ularning murabbiyini taqdirlash marosimi o'tkazildi. BO'SM mamuriyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Ilhom RAHMONOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing