04 apr 08:34
Yangiliklar
CHisora faoliyatidagi eng katta vazn bilan Deontey Uaylderga qarshi ringga ko'tariladi
Kecha bo'lib o'tgan vazn o'lchash marosimida CHisora 121 kg vazn ko'rsatdi, bu bir yildan sal ko'proq vaqt oldin bo'lib o'tgan avvagi jangdagidan 3,3 kgga ko'p va 2016 yilda unchalik mashhur bo'lmagan Drajan Yanyaninga qarshi jangi oldidan qayd etgan rekord vaznidan 2 kgga ko'pdir.
CHisoraning raqibi, 40 yoshli sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder avvalgi jangidagidan yarim kilogramm og'irroq tosh bosdi - 102,7 kg. Bu Uaylder uchun ancha standart vazn bo'lib, u aksariyat janglarda 97 dan 103 kg gacha vazn ko'rsatgan. Faqat Tayson Fyuri bilan uchinchi jang oldidan o'z vaznini sezilarli darajada oshirib, 108 kg vazn qayd etgan.
Derek CHisora va Deontey Uaylder o'rtasidagi jang bugun Londonda bo'lib o'tadigan prof boks oqshomining asosiy voqeasi bo'ladi. Bugungi turnir Queensberry Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Fikrlar