23 okt 18:46
Yangiliklar
CHisora Joshua Fyurining taklifini nega qabul qilmaganini tushuntirdi
CHisoraning so'zlariga ko'ra, britaniyalik bokschi Taysonning nishonida, ammo u o'z jamoasi bilan kelisha olmagan.
"Menimcha, Joshua Fyurining ongida yashaydi. Tayson har kuni uyg'onib Joshua haqida o'ylaydi, Fyuri u haqida gapirmasdan intervyu bera olmaydi. Joshua esa jimgina o'z biznesi bilan mashg'ul.
Entoni Taysonga qarshi jangga rozi bo'la olmadi, sababi promouterlar bilan juda ko'p qiyinchiliklar bor. Jangchilar har doim shunchaki jang qilishni xohlashadi va sizning atrofingizdagi barcha ishbilarmonlar qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Hatto Fyuri bilan jangimiz ham men uchun bosh og'rig'i edi. Odamlar katta jangni tashkil etishni oson deb o'ylashadi, lekin unday emas. Har doim turli muammolar ko'p bo'ladi”, - deb CHisoraning so'zlarini keltiradi Sky Sport.
Eslatib o'tamiz, Fyuri va CHisora o'rtasidagi jang 3 dekabr kuni Londonda (Angliya) bo'lib o'tadi.
Fikrlar