So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

11 avg 11:26
Yangiliklar

Taekvondo

CHo CHung Vonga Toshkent shahri faxriy fuqarosiga aylandi

Toshkent shahar hokimligida Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti CHo CHung Vonga Toshkent shahri faxriy fuqarosi va Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti faxriy fan doktori unvonlarini topshirishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Unda deputatlar, sport mutasaddilari, oliy talim muassasalari professor-o'qituvchilari, talabalar, sportchi yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov CHo CHung Vonga Toshkent shahri faxriy fuqarosi va Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti faxriy fan doktori unvonlarini topshirdi.


Tadbirda O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi hamkorlik barcha jabhalarda, jumladan, sport sohasida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. Bunda mamlakatimizning Butunjahon taekvondo federaciyasi bilan aloqalari muhim ahamiyatga ega ekanligi, shuningdek, mazkur xalqaro tashkilot prezidenti CHo CHung Vonning xizmatlari yuqori bo'layotgani alohida takidlandi.

– Bugun tinchlik shahri – Toshkentning faxriy fuqarosi bo'lish, O'zbekistonning nufuzli oliy talim muassasasi faxriy fan doktori unvoniga munosib ko'rilishim men uchun faxrli voqea bo'ldi, – dedi CHo CHung Von. – Bunday yuksak etibor menga yanada kuch-g'ayrat bag'ishlaydi.

Tadbirda senator Agrepina SHin, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi raisi Viktor Pak va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, sportni rivojlantirish borasidagi say-harakatlar, O'zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligining istiqbollari xususida so'zladi.

Ulug'bek Asrorov, O'zA


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing