06 avg 19:29
Yangiliklar
Cicipas Los-Kabosda faoliyatidagi 10-sovringa ega chiqdi
Dunyoning beshinchi raketkasi Stefanos Cicipas ushbu musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Greciyalik tennis ustasi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 19-pog'onasidan joy olgan avstraliyalik Aleks De Minaurni 6/3, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob grek foydasiga yanada yiriklashdi - 12:1. Bir soatu 27 daqiqa davom etgan bahsda Cicipas 2, De Minaur 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar Stefanos foydasiga 4 ga 2 ko'rinishda bo'ldi.
Cicipas faoliyatidagi 10-sovringa aynan Meksikadagi turnirda ega chiqdi. Bu uning joriy mavsumdagi birinchi tituli hisoblanadi. Stefanos bir haftalik mehnatidan 250 reyting ochkosi hamda 129,660 dollar mukofot puli ishlab oldi. U ertaga yangilanadigan reytingda 4-o'ringa ko'tarilib oladi. De Minaur 150 ochko va 75,630 dollarga ega bo'ldi.
Fikrlar