12 dek 07:24
Yangiliklar
Cindao “Masters”. Bugun besh nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Dunyoning 5 qitasi 68 mamlakatidan jami 454 nafar dzyudochi ishtirok etadigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 11 azosi ham medallar hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadi.
Bugun bir yo'la 5 nafar dzyudochimiz Cindao tatamilarida o'z mahoratini namoyish etadi. Reytingi eng yuqori bo'lgan dzyudochimiz, jahon chempionatining kumush medali sovrindori SHarofiddin Lutfullaev ilk davrada xitoylik Rilege Suga qarshi tatamiga chiqadi.
-60 kg vazndagi ikkinchi dzyudochimiz, Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sohibi Diyorbek O'razboev esa amaldagi jahon chempioni, gruziyalik Lukxumi CHxvimiani bilan hisob-kitob qiladi. O'razboev bugun Lukxumidan SHarofiddin uchun revansh olishga urinib ko'radi. Har bir vazn g'oliblari 1800 reyting ochkosiga ega chiqadi.
-60 kg:
SHarofiddin Lutfullaev - Rilege Su (Xitoy) birinchi davra
Diyorbek O'razboev - Lukxumi CHxvimiani (Gruziya) birinchi davra
-66 kg:
SHahram Ahadov - Mixail Pulyaev (Rossiya) ikkinchi davra
Sardor Nurillaev - Matteo Medves (Italiya) ikkinchi davra
-52 kg:
Diyora Keldiyorova - SHarlin Van Snik (Belgiya) birinchi davra
Fikrlar