So’nggi yangiliklar

11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

09 dek 11:38
Yangiliklar

Dzyudo

Cindao “Masters” turniri startiga 3 kun qoldi!

Joriy 2019 yil hisobidan Xalqaro dzyudo federaciyasi taqvim rejasidan o'rin olgan eng so'nggi nufuzli musobaqa boshlanishiga ham uch kun vaqt qoldi.

12-14 dekabr kunlari Xitoyning Cindao shahrida o'tkaziladigan “Masters” seriyasiga kiruvchi ushbu turnirda 5 ta qitaning 68 mamlakatidan jami 454 (236 erkak va 218 ayol) nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun bahslarga kirishishadi. 11 dekabr kuni turnirga qura tashlash hamda ishtirokchilarni tarozidan o'tkazish marosimlari bo'lib o'tadi. 

Etiborga molik jihati shundaki, yilning so'nggi nufuzli musobaqasi g'oliblari 1800 reyting ochkosini o'z hisoblariga yozib qo'yishadi. Bu Jahon chempionatidan keyingi eng katta musobaqa hisoblanadi. Taqqoslash uchun, shu yil Yaponiyada o'tgan jahon chempionati g'oliblari 2000 reyting ochkosini qo'lga kiritishgan edi. 

So'nggi malumotga tayanadigan bo'lsak, “Masters” turnirida eng ko'p ishtirokchi Evropadan bo'lib, Qo'hna qitaning 35 davlatidan jami 265 nafar dzyudochi Xitoyga keladi. Osiyoning 13 mamlakatidan 124 sportchi musobaqada qatnashish istagini bildirgan. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar dzyudochisi ham bor.   

O'rinlar uchun kafolatlangan reyting ochkolar:

CHempion – 1800 ball

2-o'rin – 1260 

3-o'rin – 900 

5-o'rin – 648 

7-o'rin – 468   

Ishtirok uchun – 200

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing