So’nggi yangiliklar

12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0

15 dek 17:10
Yangiliklar

Dzyudo

Cindao “Masters”. Yaponiya tengsiz bo'ldi, O'zbekiston nechanchi o'rinni egalladi?

Teglar :  Dzyudo
Uch kun davomida Xitoyning Cindao shahri mezbonlik qilgan yilning so'nggi nufuzli musobaqasi yakunlandi.

“Masters” seriyasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 300 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada dunyoning 67 davlatidan eng sara dzyudochilar turnir medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun bahs olib borishdi. Cindao “Masters” turnirida O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar azosi yurtimiz sharafini himoya qildi. 

Xabar berganimizdek, Cindao tatamilari ikki dzyudochimizga musobaqaning bronza medallari bilan birga 468 reyting ochkosini taqdim etgandi. Jahon chempionati sovrindori SHarofiddin Lutfullaev hamda yoshlar o'rtasida jahon chempioni Diyora Keldiyorova o'z vazn toifalarida shoxsupaga ko'tarilishdi.  

Cindao “Masters” yakuniga ko'ra umumjamoa hisobida medallar jamg'arish bo'yicha Yaponiya terma jamoasi katta ustunlik bilan birinchi o'rinni egalladi. Dzyudo vatani vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. 

Ikkinchi o'rindan joy olgan Gollandiya terma jamoasi 3 ta oltin, bittadan kumush va bronza medali bilan uyga qaytadigan bo'ldi. Kuchli uchlikka 1 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan Franciya terma jamoasi yakun yasadi. Gruziya, Italiya, Kosovo, Belgiya va KXDR dzyudochilar esa bittadan oltin medalga ega chiqishdi. 

Yigirma uch davlat dzyudochilari kamida bitta bronza medali bilan taqdirlanishdi. O'zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 15-o'rinni egalladi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing