So’nggi yangiliklar

19:02"Махачев - Макгрегор жанги UFC тарихидаги энг буюк тўқнашувга айланиши мумкин" - мураббий 0 18:13"Олти ойда курашни ўрганиб бўлмайди". Ислам Махачев — Иан Гаррининг тайёргарлиги ҳақида гапирди 0 17:45Хоакин Бакли ҳам RAF Лигасига ўтди 0 16:12ЖЧ-2026. Энг кўп мухлис қайси ўйинга тушди? 0 15:40ИНТЕРВЬЮ. Боксдан ММАга ўтган қизалоқ Махлиё Хабибуллаева 0 14:27Фирибгарликда айбланган GFL Лигаси яна қайтаётганини эълон қилди. Илк турнирнинг марказий жанги Тони Фергюсон иштирокида ўтади 0 13:53Икки нафар конкурчимиз жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди 0 13:28Бугун хет-трик қайд этган Дэвид 60 йилдан сўнг ушбу натижага эришган илк футболчи бўлди 0 12:59UFC Хитойга қайтмоқда (ПОСТЕР) 0 12:28Синдаров рапид Жаҳон чемпионатида Магнус Карлсенни қора доналарда мағлуб этди 0 11:56Достон Бозоров АҚШ визасини қўлга киритди + ВИДЕО 0 11:27Швейцария ва Босния ўртасидаги ўйинда тарихда юз бермаган ҳолат содир бўлди 0 10:53Оқ уйдаги UFC турнирига эҳтимолий ҳужумнинг олдини олинди 0 10:14UFC 330 турнири кардига даъвогарлик жанги қўшилди 0 09:39Бир жанг тарихи: Руслан Чагаев vs Владимир Кличко! 0

16 mar 07:33
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash, Tadbirlar

Cport kurashlari associaciyasi vakillari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi tizimida faoliyat olib borayotgan murabbiylar, mutaxassislar, viloyat bo'limlari vakillari ishtirokida yig'ilish tashkil etildi.

Yig'ilishda shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov hamda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanovlar ham ishtirok etishdi. 

“Bugungi yig'ilishimizdan asosiy maqsad Osiyo o'yinlariga ko'rilayotgan  tayyorgarlikni muhokama qilishdir. SHuningdek, oldimizda Argentinada o'tkaziladigan o'smirlar Olimpiadasi, undan so'ng esa Tokiodagi Olimpiya o'yinlari kutib turibdi. Mazkur muhim musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni qanday ketmoqda? Yutuqlarimiz salmog'ini oshirish uchun qaysi jihatlarga etibor qaratishimiz lozim? SHu va boshqa muhim masalalarni yuzma-yuz uchrashib, gaplashib olishimiz kerak bo'ladi”, - dedi SHoakram Isroilov. 

Bundan tashqari, viloyatlardagi sport kurashlari federaciyasi, Bolalar va o'smirlar sport maktablari, Ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktablari faoliyati yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

“Yig'inlarga borish uchun imkoniyatlar katta. Mablag' ham etarli. Ammo, buning samarasi qanday bo'ladi? Terma jamoa uchun munosib nomzodlarni to'g'ri va holisona saralay olishimiz kerak. Undan tashqari mamlakatimiz murabbiylari o'rtasidagi uzviy aloqani yo'lga qo'yishimiz lozim. CHunki, oldimizga katta talab qo'yilmoqda. Xalqaro musobaqalarda, ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan Osiyo o'yinlarida olib borilayotgan islohotlar o'z natijasini berishi kerak. Ahir yakkakurashlar – dzyudo, boks, kurash sport turlari bizning medal keltiruvchi asosiy sport turlarimiz hisoblanadi”, - dedi Jismoniy tarbiya va sport vaziri. 

O'z navbatida, MOQ Bosh kotibi bundan buyon OZK, BO'SM, IBO'SMlarda mashg'ulotlar o'tkazish uchun sport gilamlari, anjomlar  masalasida  muammo bo'lmasligini aytib o'tdi. Yuqorida nomlari sanab o'tilgan o'quv-sportdargohlari MOQ va vazirlik tomonidan sifatli sport jihozlari bilan taminlanadi. 

Yig'ilish davomida shuningdek, BO'SM, IBO'SM, OZKlarda tahsil olayotgan sportchilarning monitoringini olib borishni yo'lga qo'yish, ularning har biri malumotlar bazasiga kiritilishi ham alohida qayd etildi. Undan tashqari Surxondaryo, Toshkent viloyati vakillarining o'quv-mashg'ulotlar bazasi bilan bog'liq muammosi hal qilinishida amaliy yordam berilishi takidlandi.

“Viloyat terma jamoalari o'rtasidagi musobaqalar bir yilda kamida ikki marotaba o'tkaziladi. Har bir vazn toifasida to'rt nafar sportchi federaciya nazoratida nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ko'radi. Masul shaxslar, murabbiylar sportchilarni doimiy qatiy nazoratda ushlashlari shart. Ular bo'shashib qolmasin, aksincha muntazam o'z ustida ishlasin, mahoratini toblab borsin. Zero ular bizning asosiy zaxiramizdir ”, - dedi MOQ Bosh kotibi.

Muammolar qatorida ixtisoslashtirilgan bolalar vao'smirlar sport maktablaridan Olimpiya zaxiralari kollejlarining murabbiylari tomonidan tanlangan sportchilari kollej ixtiyoriga qo'yib yuborilishida to'siqlar borligi malum qilindi. O'z o'rnida, rahbariyat bu borada tizim ishlab chiqishini, kelajakda bunday muammolar uchramasligi uchun barcha zarur choralar ishga solinishini qayd etib o'tdi.

Uchrashuvda rahbariyat tomonidan Bishkekda o'tkazilgan Osiyo chempionatida erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmaslik, faqat oldinga qadam tashlash va kelgusi musobaqalarda bundan-da balandroq cho'qqilarni zabt etish kerakligi uqtirildi. SHuningdek, Osiyo chempionatining g'olib va sovrindor sportchilarini MOQ tomonidan taqdirlash masalasi ham ko'rib chiqilayotgani malum qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing