So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

30 dek 14:59
Yangiliklar

Stol tennisi

Ctol tennischilarimiz Eron va Markaziy Osiyolik tengdoshlari bilan bahslashishdi

Namangan shahridagi “Barkamol avlod“ sport saroyida Osiyo stol tennisi federaciyasining 2019 yildagi “ITTF ASIA DEVELOPMENT PROGRAM” nizomi bo'yicha “Markaziy Osiyo Olimpiya umidlari“ haftaligi o'tkazildi.

Mazkur sport haftaligida 10 yoshdan katta bo'lgan O'zbekiston, Eron va Markaziy Osiyo davlatlarining terma jamoalari azolari o'quv-mashg'ulot yig'inida nazariy va amaliy, texnik hamda jismoniy mashg'ulotlarda o'z tajribalarini oshirdi. Yosh tennischilar avstriyalik murabbiy Dmitriy Levenko, eronlik Faraji Reza hamda mamlakatimiz stol tennisi federaciyasi raisi Saida Mahmudova qo'l ostida shug'ullandi.

Haftalik yakunidan so'ng kadetlar va "Olimpiya umidlari" toifasida xalqaro ochiq turnir o'tkazildi. Stol tennisi bo'yicha ilk marotaba mamlakatimizda o'tkazilgan mazkur musobaqada sovrinli o'rinlar uchun kurash asosan O'zbekiston va Eron terma jamoalari azolari o'rtasida o'tdi.

Keskin va murosasiz o'tgan turnirning kadetlar o'rtasidagi bahslarda Nikita Panov hamda Nasibaxon Tojiohunova terma jamoamizga bronza medalini keltirgan bo'lsa, "Olimpiya umidlari" yosh toifasida Aselya Erkaboeva kumush, SHahboz G'ulomiddinov esa bronza medalini qo'lga kiritdi.

Kadet qizlar:

1. Elina Rahimi (Eron)
2. Mobina Sobxanixon (Eron)
3.Nasibaxon Tojiohunova (O'zbekiston)

Kadet o'g'il bolalar:

1. Samadi Saidmuhammadamin (Eron)
2. Navid SHamssharbabaki (Eron)
3. Nikita Panov (O'zbekiston)

"Olimpiya umidlari" toifasida:

Qizlar:

1. Sitaesh Iloxon (Eron)
2. Aselya Erkaboeva (O'zbekiston)
3. Baran Arjmand (Eron)

O'g'il bolalar:

1. Yasin Esfaxoni(Eron)
2. Banyamin Farazi(Eron)
3.SHahboz G'ulomiddinov (O'zbekiston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing