05 dek 16:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Dacik SHlemenko va Ismoilov o'rtasidagi revansh jangida kim g'alaba qozonishini aytdi
Rossiyalik MMA faxriyi Vyacheslav Dacikning Aleksandr SHlemenko Magomed Ismoilov bilan revansh jangini tashkil etishga shoshilmasligi kerakligini aytdi.
Dacikning so'zlariga ko'ra, SHlemenko yaxshi tayyorgarlik ko'rishi va shundan keyin Ismoilovga qarshi revansh jangini o'tkazishi kerak.
"Menimcha, keyingi bir necha oy ichida revansh olish shart emas. SHlemenko kamida 1-2 oy yaxshi mashq qilish kerak. Avvaliga oson jang o'tkazishi va keyin Magadan revansh olishi kerak. Agar olti oy yaxshi tayyorlansa Magani mag'lub etadi deb o'ylayman", - dedi Dacik.
Eslatib o'tamiz, 3 dekabr kuni SHlemenko RCC 13 turnirida hakamlar qaror bilan Ismoilovga yutqazib qo'ydi.
Jangdan so'ng SHlemenko darhol Ismoilov bilan revansh jangini tashkil qilmoqchi ekanligini malum qilgan.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar