05 okt 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Dahshat! Aleks Pereyra Magomed Ankalaevni birinchi raundning o'zidayoq muddatidan avval mag'lub etib, kamarini qaytarib oldi!
Amerika Qo'shma SHtatlarining Las-Vegas shahrida aralash yakka kurash bo'yicha UFC 320 musobaqasi nihoyasiga etdi.
Musobaqaning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasining rossiyalik amaldagi chempioni Magomed Ankalaev hamda vaznning braziliyalik sobiq chempioni Aleks Pereyra to'qnash keldi.
5 raundlik titul jangi dastlabki raunddayoq nihoyasiga etdi. Aleks Pereyra Magomed Ankalaevni ketma-ket zarbalari orqali passiv himoyaga tushirib, texnik nokaut orqali taslim etdi.
Eslatib o'tamiz, ular o'rtasida o'tkazilgan mart oyidagi ilk bahsda Magomed Ankalaev ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar