11 dek 16:19
Yangiliklar
Dana Uayt: Ankalaev - Blaxovich jangi natijasiga munosabat bildirdi
Rossiyalik Magomed Ankalaev hamda polshalik Yan Blaxovich o'rtasidagi ushbu jangda durang natija qayd etilgandi. Bu esa keng jamoatchiligining haqli etiroziga sabab bo'lgan edi.
"Oqshomning markaziy jangi yakuni dahshatli bo'ldi. Nima ham qila olardik? Kimnidir g'olib deb o'ylaymanmi? Ochig'i, bilmayman. Uchinchi raunddan keyin charchog'dan "o'chib" bo'lgandim. Ankalaevning hakamlar qaroridan norozi bo'lganini eshitdim. Xo'p, bu vaziyatda mendan nima qilib berishimni istaysizlar? Seni ikki raund do'pposlashdi, keyin sen vaziyatni o'zgartirding... Bu holatda nima qilish mumkin? Men janggacha ham hakamlarga ish qoldirmaslik kerakligini aytgandim. Ikki raunddan keyin oktagonga g'alaba qozonib bo'ldim degan xulosa bilan chiqmaslik kerak. Raqibni "qafas"ga taqab olish bilan ish tugamaydi. Bor, jang qil", — dedi Uayt turnirdan keyingi matbuot anjumanida.
Fikrlar