05 sen 07:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: "Aqlbovar qilmas jang"
UFC prezidenti Dana Uayt Siril Gan va Tai Tuivasa o'rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Parijda aqlbovar qilmas oqshom bo'lib o'tdi. Sirilni g'alabasi bilan tabriklayman. Bu jang uchun Taiga katta rahmat", — deb yozadi Dana Uayt ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, jangdan so'ng Siril Gan qo'lini sindirib olganiga qaramay, kurashni davom ettirganini va g'alabaga erishganini aytgan edi.
32 yoshli Gan faoliyati davomida 11 ta jangda g'alaba qozongan va bir marotaba mag'lubiyatga uchragan. Tuivasa esa 19 ta jang o'tkazib, 14 tasida g'alaba qozongan va 5 tasida mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar