01 avg 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt: "Bu jangni o'n marta tashkil qilsa ham arziydi"
UFC rahbari Dana Uayt Brendon Moreno va Deyvison Figeredo jangi haqida gapirdi.
"Bu jangni o'n marta tashkil qilsa arziydi. Ularning janglari mukammal. Bunday to'qnashuvlarni muxlislar ko'rishni istayveradi. Men shunga o'xshash revanshlarni tashkil qilishni unchalik ham istamayman. Biroq bu jang o'tkazilishga arziydi", - deya fikrini yakunlagan Dana.
Eslatib o'tamiz, Brendon Moreno va Deyvison Figeredo o'zaro uch marotaba jang o'tkazishgan. Har ikkisining hisobida bittadan g'alaba bor, yana bitta to'qnashuvda durang qayd etilgan.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar