21 fev 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt CHimaev va Adesanya o'rtasidagi jangga o'z munosabatini bildirdi
UFC prezidenti Dana Uayt Xamzat CHimaev va Israel Adesanya o'rtasidagi jang haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
"Bu jang bo'lmaydi. Bu feyk xabar. MMAni yoritadigan va buni tarqatayotgan OAVlar faqatgina muammolar tug'dirishmoqda. Masxarabozlar", - dedi Dana Uayt ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq 23 iyun kuni Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan UFC turnirida CHimaev va Adesanya jang qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar