31 iyu 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Diazga qarshi jangda CHimaevning imkoniyatlari haqida gapirdi
UFC prezidenti Dana Uayt nega yarim o'rta vazn toifasidagi shveciyalik Xamzat CHimaevni amerikalik Neyt Diazga qarshi jangda favorit deb hisoblamasligini tushuntirdi.
"Bu sportda hech kim jang oldi katta ustunlikka ega bo'lmaydi. Har kim istalgan vaqtda g'alaba qozonishi mumkin. Unutmaylik, CHimaev qanchalik zo'r jangchi bo'lmasin, qilgan ishiga qaramay, boshqalardagi tajriba unda yo'q.
Neyt Diaz hamma bilan jang qildi. Bu uning so'nggi jangi, UFCʼda hech kimni autsayder deb bo'lmaydi. Neyt Diazda ham, Xamzat CHimaevda ham gangsterlik mentaliteti bor. Odamlar bu xislatni yaxshi ko'rishadi", - dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, CHimaev — Diaz jangi 11 sentyabr kuni Las-Vegasdagi UFC 279 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar