27 okt 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Emelyanenkoning ehtimoliy boks jangi haqidagi savolga javob berdi
UFC prezidenti Dana Uayt rossiyalik afsonaviy jangchi Fyodor Emelyanenko va xorvat Mirko KroKop o'rtasida boks qoidalari bo'yicha ehtimoliy jangini tashkil etish haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Fyodor Mirko KroKop bilan boks jangini o'tkazmoqchimish? Men bunday juftlikni o'z boks shouimda ko'rishni xohlamayman. Bunday jangni tashkil qilishga qiziqadigan odamlar ko'p bo'ladi, deb o'ylayman, lekin ular orasida men yo'qman", — dedi Uayt UFC 321 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar